Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
31 iyulga o‘tar kechasi Kiyev uchun yil boshidan buyon eng og‘iri bo‘ldi – fotoreportaj
Rossiya zarbasi oqibatida 31 kishi halok bo‘lgan. Quyida Ukraina poytaxtining hujumdan keyingi ko‘rinishi aks etgan suratlar.
2025 yil yozi boshlanganidan buyon Rossiya Kiyevga raketa va dronlar bilan intensiv hujumlar uyushtira boshladi. Shunday hujumlardan navbatdagisi 31 iyul kuni ro‘y berdi. Beshta joyda raketa va dronlar nishonga aniq tegib urilgan. Svyatoshinskiy va Solomenskiy rayonlarida ikkita ko‘p qavatli uy vayron bo‘lgan. 31 kishi, jumladan besh nafar bola hujum qurboniga aylandi, 159 kishi yaralandi. Qurbonlar orasida eng yoshi ikki yoshli qizcha bo‘lgan.
Keng ko‘lamli urush boshlanganidan buyon Kiyevda faqat bir marta bir hujum vaqtidagi qurbonlar soni bundan ko‘proq bo‘lgan – 2024 yil 8 iyulda Ukraina poytaxti Rossiya qo‘shini tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida (o‘shanda «Oxmatdet» bolalar shifoxonasi ham zarbaga uchragandi) halok bo‘lganlar soni 33 nafarni tashkil etgandi.

Yan Dobronosov / Global Images Ukraine / Getty Images
31 iyulga o‘tar kechasi Kiyev bo‘ylab jami 27 ta nuqtada snaryadlar to‘g‘ridan to‘g‘ri urilishi va dronlar parchalari qulashi qayd etilgan. Ko‘p joylarda yong‘inlar yuzaga kelgan.


Hujum oqibatida yuzdan ortiq bino, jumladan, turar joylar, shifoxonalar, maktablar va bolalar bog‘chalari shikastlangan.



Svet Jacqueline / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
To‘qqiz qavatli uyning bir pod’yezdi to‘liq qulab tushgan joyda qidiruv-qutqaruv ishlari 31 iyul kuni kun bo‘yi davom etdi. Omon qolganlar orasida to‘qqizinchi qavatdan yiqilib tushgan qiz ham bor.


Yan Dobronosov / Global Images Ukraine / Getty Images





Svet Jacqueline / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA



1 avgust Kiyevda qurbonlar xotirasiga motam kuni deb e’lon qilindi.


Mavzuga oid

21:37
Ukraina Havo kuchlariga yangi qo‘mondon tayinlandi

19:26
Zelenskiy Rossiya bilan 1200 kishini o‘zaro almashish rejalashtirilayotganini aytdi

17:47
Rossiya Xersondagi ko‘prikka zarba berdi. Sochida esa ukrain dronlari hujumidan keyin neft baza yonib ketdi

16:14 / 02.08.2025