Jamiyat | 10:42 / 06.08.2025
4542
1 daqiqa o‘qiladi

Gulistondagi musiqali drama teatrida yong‘in sodir bo‘ldi

Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi viloyat musiqali drama teatrida yong‘in sodir bo‘ldi. 

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qilishicha, 5 avgust kuni soat 18:06 da Guliston shahri, “Shodlik” MFY, O‘zbekiston shohko‘chasida joylashgan obektlardan birida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida viloyat FVBga xabar kelib tushgan.

Binoda o‘tni o‘chirish uchun 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan bo‘lib, ular voqea joyiga 18:09 da yetib borishgan hamda soat 18:12 da yong‘in qurshab olingan. O‘t hodisadan qariyb bir soat o‘tgach, soat 19:00 da bartaraf etildi.

Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar to‘g‘risida murojaatlar kelib tushmagan. Hozirda voqea yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid