Jamiyat | 15:26
1022
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda o‘tkir tig‘li ashyolarni noqonuniy ravishda olib yurgan 1631 kishi aniqlandi

Poytaxt hududida o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirining ikkinchi bosqichi doirasida IIBB va hududiy tizimlari tomonidan qator ishlar amalga oshirilmoqda. 

Foto: IIBB

Oylik tadbirlari doirasida o‘tkazilgan “Tig‘” maxsus profilaktik tadbirlarining 21 kunlik natijasi haqida ma’lumot berildi. 

Xususan, poytaxt ko‘chalari va jamoat joylarida o‘tkir tig‘li ashyolarni noqonuniy ravishda olib yurgan 1631 nafar shaxs aniqlandi. Ulardan 1715 dona ashyolar o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirib olindi. 

Aniqlangan ashyolardan 1614 tasi pichoq, 17 tasi kastet, 19 tasi bita, 7 tasi pnevmatik qurol, 2 tasi elektroshoker bo‘lsa, qolgan 56 tasi turli ko‘rinishdagi tig‘li jismlarni tashkil etdi. 

"Shu o‘rinda fuqarolarimizga eslatib o‘tamiz: qonunga xilof ravishda sovuq qurol yoki sovuq qurol sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan ashyolarni olib yurish bazaviy hisoblash miqdorining 1 dan 5 baravarigacha jarima solinishiga, shuningdek, boshqa qonuniy ta’sir choralari qo‘llanishiga sabab bo‘lishi mumkin", deyiladi IIBB xabarida

Toshkent shahri bo‘ylab tezkor profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.

Mavzuga oid