O‘zbekiston | 20:22 / 07.08.2025
1151
2 daqiqa o‘qiladi

Ta’lim tashkilotlarini davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi belgilandi

Nizomga ko‘ra, ta’lim dasturlarini maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish to‘g‘risida arizalar kelgusi o‘quv yilida faoliyatini boshlash uchun har yili 1 oktyabrdan kelgusi yilning 31 yanvarigacha qabul qilinadi.

Hukumat qarori bilan «O‘rta maxsus, kasbiy, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlarini kompleks hamda maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish quyidagi bosqichlardan iborat:

- 1-bosqich - arizani rasmiylashtirish;

- 2-bosqich - ta’lim sifatini ichki baholash;

- 3-bosqich - ta’lim sifatini tashqi baholash;

- 4-bosqich - davlat akkreditatsiyasi bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilish.

Ta’lim dasturlarini maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish to‘g‘risida arizalar kelgusi o‘quv yilida faoliyatini boshlash uchun har yili 1 oktyabrdan kelgusi yilning 31 yanvarigacha qabul qilinadi.

Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

- litsenziya/yuridik shaxsning guvohnoma nusxasi;

- arizani ko‘rib chiqish uchun belgilangan miqdordagi yig‘imlarni amalga oshirganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;

- davlat akkreditatsiyasi jarayonlariga biriktirilgan mas’ul xodimning ma’lumotlari.

Arizalar 15 ish kunida ko‘rib chiqiladi.

Ta’lim dasturi davlat akkreditatsiyasidan o‘tgani e’tirof etilganda, maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tgani to‘g‘risidagi sertifikat 1 hafta muddatda beriladi va mazkur ta’lim dasturi bo‘yicha kadrlar tayyorlashga ruxsat etiladi.

Mavzuga oid