Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp rasman tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod bo‘ldi
Kambodja bosh vaziri Tailand bilan qurolli qarama-qarshilikni to‘xtatgani uchun AQSh prezidenti nomzodini rasman tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga ilgari surdi.

Foto: Getty images
Kambodja bosh vaziri Xun Manet Nobel tinchlik qo‘mitasiga maktub yo‘llab, unda AQSh prezidenti Donald Trampning xizmatlarini tinchlik mukofoti bilan taqdirlashni taklif qildi, deb xabar berdi Kambodja matbuot agentligi.
«Men Kambodja Qirolligi bosh vaziri sifatida Amerika Qo‘shma Shtatlarining 45- va 47-prezidenti hurmatli Donald Trampni dunyoda tinchlikni ilgari surishga qo‘shgan tarixiy hissasini e’tirof etgan holda, tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga rasman nomzod qilib ko‘rsatish sharafiga muyassarman», deb yozdi bosh vazir 7 avgustdagi maktubida.
Xun Manet Trampni «favqulodda siyosiy donoligi» uchun maqtadi va unga Kambodjaning Tailand bilan mojarosini hal etishda vositachilik qilgani uchun minnatdorchilik bildirdi. Maktubda, shuningdek, AQSh prezidenti «dunyoning ba’zi eng beqaror mintaqalarida keskinlikni kamaytirish bo‘yicha favqulodda yutuqlarga erishgani» aytilgan.
Tailand va Kambodja o‘rtasidagi keskin munosabatlar 2025 yil 24 iyulda chegaradagi bir qator qurolli to‘qnashuvlarga aylanib ketdi. Ikki tomon ham o‘nlab qurbonlar va minglab evakuatsiya qilinganlar haqida xabar berdi.
Keyinroq Tailand va Kambodja delegatsiyalari Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurda uchrashib, 29 iyul yarim tundan boshlab o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi.
Sulh arafasida Tramp bir kun ichida Kambodja va Tailand o‘rtasidagi qurolli qarama-qarshilikda «millionlab odamlar» halok bo‘lishining oldini olganini ochiq e’lon qildi. AQSh prezidenti so‘zlariga ko‘ra, agar mojaro to‘xtatilmasa, savdo shartnomalari tuzilmasligi haqida ogohlantirishdan so‘ng, ikkala davlat ham tinchlikka erishgan.
Mavzuga oid

11:46
Polshalik jurnalistlar Tramp Putinga aynan nima taklif qilayotganidan xabar topdi

10:38
Tramp endi Putindan Zelenskiy bilan uchrashishni talab qilmayapti

10:13
Muddat tugayapti. Putinni qo‘rqita oladigan eng yomon ssenariy nima?

22:29 / 07.08.2025