Jahon | 23:40 / 11.08.2025
613
1 daqiqa o‘qiladi

 Erdo‘g‘an: BMT jiddiy islohotga muhtoj

Turkiya rahbari a’zo-davlatlarni Birlashgan Millatlar Tashkilotini yana insoniyat umidiga aylantiradigan choralar ko‘rishga chaqirdi.

Foto: Anadolu Agency

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Birlashgan Millatlar Tashkilotining 80 yilligiga bag‘ishlangan tadbir ishtirokchilariga murojaat yo‘lladi.

“Birlashgan Millatlar Tashkiloti o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarni bajarishda davom etishi uchun jiddiy islohot zarur. Ko‘plab yillar davomida Falastin xalqi chekayotgan uqubatlar qarshisida barchamiz Birlashgan Millatlar Tashkiloti global adolatni tamsil etuvchi platforma bo‘lishi uchun mas’ulmiz”, - dedi Turkiya yetakchisi.

U BMTning barcha a’zolarini tashkilotga asos solinganligining 80 yilligi bilan tabrikladi.

Erdo‘g‘an BMT tashkil etilgan 1945 yildan buyon “global tinchlik va xavfsizlik, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish” kabi maqsadlarni amalga oshirishda sezilarli muvaffaqiyatlarga erishilganini ta’kidladi.

Rajab Toyyib Erdo‘g‘an o‘z murojaatida Turkiya BMTning barcha islohotlarini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

Mavzuga oid