Jahon | 23:15 / 11.08.2025
1688
1 daqiqa o‘qiladi

Peterburgda migrantlarga kurerlik qilish taqiqlandi

Avvalroq Peterburgda migrantlarga taksichilik bilan shug‘ullanish taqiqlangandi.

Foto: RIA Novosti

Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov xorijliklarni kurerlik ishiga jalb qilishni cheklash to‘g‘risidagi farmoyishni imzoladi.

Ta’kidlanishicha, “mazkur qaror yashirin bandlikka qarshi kurashish, kurerlik sektorida xizmat sifati va xavfsizligini oshirish hamda Rossiya fuqarolari uchun yangi ish o‘rinlari yaratish”ga qaratilgan.

Ish beruvchilarga “kadrlar siyosatini to‘g‘rilash” uchun uch oy muhlat berildi.

Avvalroq Peterburgda migrantlarga taksichilik bilan shug‘ullanish taqiqlangandi.

Mavzuga oid