Jahon | 11:51
1620
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Putin bilan uchrashuv muvaffaqiyatsiz yakunlansa, sanksiyalardan voz kechmaydi – Grem

Senator Grem so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarning maqsadi – Rossiyaning «neft mijozlari» - Hindiston, Xitoy va Braziliyani yakson qilish.

Lindsi Grem Foto: Drew Angerer / Getty Images

Amerikalik respublikachi senator Lindsi Grem Ukrainada tinchlik masalasini hal qilish uchun Rossiya nefti iste’molchilariga nisbatan ikkilamchi sanksiyalar bilan tahdid qilishni davom ettirish kerak, deb hisoblaydi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘z hamkorlari sanksiyalar ostiga tushayotganiga «rozi bo‘lmaydi».

«U sanksiyalarga tupurgan. U sanksiyalarni chetlab o‘tmoqda... U rozi bo‘lolmaydigan yagona narsa shuki, biz uning mijozlarini ta’qib qilamiz», dedi Grem NBC News efirida. Interfax uning so‘zlaridan iqtibos keltirdi.

Gremning ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlarning maqsadi – Rossiya mijozlari - Hindiston, Xitoy va Braziliyani yakson qilishdan iborat.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya neftini sotib olishni davom ettiradigan va «uning harbiy mashinasini qo‘llab-quvvatlaydigan» mamlakatlarga Amerika iqtisodiyotiga kirish taqiqlanadi.

«Bu yangi strategiya. Tramp agar biz hammasini yaxshilik bilan yakunlay olmasak, Putinning mijozlarini ta’qib qilishga butunlay rozi», dedi u AQSh va Rossiya prezidentlarining 15 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan uchrashuvini nazarda tutib.

Mavzuga oid