O‘zbekiston | 07:54
1070
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning Fijidagi birinchi elchisi tayinlandi

Muhsinxo‘ja Abdurahmonov yangi lavozimda ish boshladi.

Foto: "Dunyo" AA

O‘zbekistonning Fiji Respublikasidagi elchisi etib tayinlangan Muhsinxo‘ja Abdurahmonov ushbu mamlakat prezidenti Ratu Naykama Tavakekolati Lalabalavuga ishonch yorliqlarini topshirdi. Elchining qarorgohi Tokio shahrida joylashgan.

Rasmiy tadbirdan so‘ng bo‘lib o‘tgan suhbat davomida O‘zbekiston va Fiji o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, ta’lim va turizm kabi yo‘nalishlardagi aloqalarning hozirgi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Prezident Naykama Lalabalavu ikki mamlakat geografik jihatdan uzoqda joylashgan bo‘lsa-da, ularni o‘zaro hurmat, konstruktiv muloqot va umumiy qadriyatlarga asoslangan do‘stona aloqalar bog‘lab turishini ta’kidladi.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi diplomatik aloqalar tarixida ilk marotaba O‘zbekistonning Fijidagi elchisining tayinlanishi Fiji tomoni uchun ham muhim tarixiy voqeaga aylangani qayd etildi.

O‘zbekiston va Fiji o‘rtasida diplomatik munosabatlar 2010 yil 16 iyun kuni o‘rnatilgan.

Eslatib o‘tamiz, Muhsinxo‘ja Abdurahmonov 2021 yil 27 sentabr kuni Yaponiya imperatori Naruxitoga O‘zbekiston elchisi sifatidagi ishonch yorliqlarini topshirgan edi.

Mavzuga oid