Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda mol va qo‘y go‘shti narxi davlat nazoratiga olindi
Hukumat 90 kun davomida mamlakat hududida mol va qo‘y go‘shtining (suyaksiz go‘shtdan tashqari) maksimal narxlarini belgilaydi.

Foto: tazabek.kg
Qirg‘izistonda 11 avgustdan 90 kun muddatga go‘sht narxini vaqtinchalik davlat tomonidan tartibga solish rejimi joriy etildi. Bunday qaror Qirg‘iziston Respublikasi Iqtisodiyot va tijorat vazirligi tomonidan qabul qilindi.
Bu davrda hukumat butun mamlakat hududida mol va qo‘y go‘shtining (suyaksiz go‘shtdan tashqari) maksimal narxlarini belgilaydi.
Qirg‘iziston ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, chora «Narxlarni shakllantirish to‘g‘risida»gi qonun va hukumatning ijtimoiy ahamiyatga ega tovarlar narxlarini nazorat qilish mexanizmlariga oid qarorlari asosida qabul qilingan. Qarorning maqsadi - narxlarning asossiz o‘sishini to‘xtatish va aholi uchun go‘shtning arzonligini saqlab qolish.
Belgilangan narxlarga rioya etilishini nazorat qilish Qirg‘iziston Monopoliyaga qarshi tartibga solish xizmatiga yuklatilgan.
Qishloq xo‘jaligi vaziri va Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari Baqit Torobayev so‘zlariga ko‘ra, go‘sht eksporti uchun kvotalar berish ham vaqtincha to‘xtatilgan.
«Biz go‘shtni kvotalar bo‘yicha eksport qilardik. Hozir berilgan kvotalar o‘z kuchida qoladi, biroq go‘sht eksportiga yangi kvotalar berish to‘xtatilgan. Bunday choralar qo‘shni davlatlarda go‘sht narxining oshishi sababli ko‘rilmoqda. Shu munosabat bilan bizda narxlarni hozirgi darajada ushlab turishni rejalashtirmoqdamiz», deb tushuntirdi Toroboyev.
Mavzuga oid

22:16 / 11.08.2025
Qirg‘izistonda davlat tilidan foydalanishga qo‘yiladigan talablar kuchaytirildi

13:59 / 11.08.2025
O‘zbekiston qurg‘oqchilikni bartaraf qilish uchun Qozog‘istonga suv yuboradi

07:57 / 09.08.2025
Qirg‘iziston prezidenti OAV to‘g‘risidagi bahsli qonunni imzoladi

18:54 / 05.08.2025