Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xyustonda uyni o‘margan bolalar o‘g‘irlangan buyumlar ro‘yxatini qoldirishdi

Xyustonning (Texas shtati, AQSh) janubi-g‘arbida o‘g‘rilar uyni o‘marib, o‘g‘irlangan buyumlar ro‘yxati va jinoyat sabablarini izohlovchi xat qoldirishgan. Bu haqida KHOU portali xabar berdi.
Uy sohibi Jozef Alvaradoning so‘zlariga ko‘ra, u Beksli Drayvdagi uyiga qaytgach, bir necha buyumlar yo‘qolganini ko‘rgan, ularning orasida PlayStation 4 o‘yin konsoli, bir juft kontroller va qizining noutbuki bo‘lgan.
Jabrlanuvchi tushunish qiyin bo‘lgan, bolalar husnixatida yozilgan 2 xatni ko‘rgan. Ulardan birida jinoyatchilar o‘g‘irlikning sababiga izoh berishgan. "Men sizning narsalaringizni o‘g‘irladim, chunki akam menga shunday qilishimni aytdi", - deb yozilgan birinchi xatda.
Ikkinchi xatda esa Alvaradoning uyidan o‘g‘irlangan buyumlar ro‘yxati yozilgan bo‘lgan. "Bunday bema'ni gaplarni o‘qish og‘ir. Kimdir uyinga bostirib kirib, tartibsizlik qilib, buyumlarni o‘g‘irlasa-da, buni yaxshi tanlov, deb o‘ylashini anglash qiyin", - dedi jabrlanuvchi.
Uy egasi o‘rta maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlashi hamda hayotda noto‘g‘ri yo‘lni tanlagan bolalar bilan ishlashini aytdi. "Oxir-oqibat menda ham shunday vaziyat yuzaga keldi", - deydi u.
Jabrlanuvchi politsiyaga da'vo arizasi yozdi va turar joyining xavfsizligini kuchaytirishga kirishdi.
Mavzuga oid

15:49 / 12.07.2025
Rossiyada Belgoroddagi o‘g‘irlik uchun milliard rubl undirilmoqchi

20:45 / 08.07.2025
UzTest’da katta o‘g‘irlik: Germaniyadan olib kelingan uskuna tag-tugi bilan yo‘qoldi

10:11 / 22.06.2025
Yaponiyada qurol o‘rniga o‘tkir ziravorlardan foydalangan o‘g‘rilar ushlandi

23:34 / 22.05.2025