Xitoy kompaniyasi 1360 ot kuchiga ega giperkar dizaynini namoyish qildi

Foto:motor.ru
Xitoyning NextEV kompaniyasi "bir megavattli" (1360 ot kuchi) dvigatelga ega gibrid giperkarining birinchi dizayn-sketchini chop etdi. Ferrari LaFerrari, Porsche 918 Spyder va McLaren P1 kabi avtomobillar bilan raqobatlasha oladigan yangi model dunyoda eng tezkor yo‘l avtomobillardan biriga aylanishi mumkin.
"Formula-Ye" elektrik bolidlar chempionatida o‘z jamoasi bilan qatnashuvchi NextEV firmasi giperkari Myunxendagi ilmiy-tadqiqot markazida yaratilmoqda. Hozircha model haqida shu ma'lumki, model unga 0 dan 100 km/soat tezlikkacha 3 soniyadan kamroq vaqtda erishishga imkon beradigan elektr motorlar bilan jihozlanadi.
Yangi mashina kelayotgan noyabrda ilk marta namoyish qilinishi kutilmoqda. Narxi taxminan 1,4 mln dollarni tashkil qiluvchi giperkarni ishlab chiqarish Buyuk Britaniyada yo‘lga qo‘yiladi.
NextEV kompaniyasi 2014 yilda xitoylik tadbirkor Uilyam Li tomonidan yaratilgan. Firma rahbari etib avval Maserati, Mazda va Ford kompaniyalarida yuqori lavozimlarda ishlagan britaniyalik Martin Lich tayinlangan.
Xitoyliklar yangi giperkar ortidan xaridorlarni jalb qilishda Tesla Motors kompaniyasi modellari bilan raqobatlasha oladigan hamyonbop elektrokarlar qatorini yaratishmoqchi.
Mavzuga oid

22:44 / 29.05.2025
Xitoylik erkak paraplanda tasodifan 8589 metr balandlikkacha ko‘tarildi

19:44 / 29.05.2025
Xitoy o‘zining ko‘p martalik tashuvchi raketasini sinovdan o‘tkazdi

19:31 / 29.05.2025
Tramp Amerika universitetini yuz minglab xitoylik talabalardan «tozalashga» qaror qildi

11:02 / 29.05.2025