London politsiyasi gorilla ortidan quvdi

Foto: Benjamin Beytekin/Globallookpress
Londondagi hayvonot bog‘ida favqulodda hodisa yuz berdi – bog‘dagi qafasdan Kumbuka laqabli gorilla qochib ketdi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.
Voqea yuz berishidan bir necha daqiqa oldin boqqa kelganlarga asabiy erkak gorillaning ko‘ziga tik qaramaslik so‘ralgan. Biroq bu yordam bermagan – Kumbuka o‘z qafasidan chiqib ketgan.
Tashrif buyuruvchilar xavfsizlik maqsadida kafeteriy va kapalaklar uchun ajratilgan pavilonga evakuatsiya qilinganlar. Hayvonot bog‘i qo‘riqchilari va politsiyachilar "qochoq"ni tutishga kirishib ketganlar.
Gorillani ushlash uchun yarim soat ketgan. Kumbuka uxlatuvchi dorili nayzali o‘q bilan xavfsizlantirilgan va o‘z qafasiga qaytarilgan.
Mavzuga oid

00:11 / 13.05.2025
Londonda Rossiya josuslik tarmog‘i rahbari 10 yilga qamaldi

10:17 / 10.05.2025
London va Skandinaviya Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi

20:05 / 04.05.2025
BMT sudyasi qullik mehnatiga majburlagani uchun 6 yilga qamaldi

21:50 / 23.04.2025