WikiLeaks Assanjni internetdan mosuvo qilgan tomonni ma'lum qildi

Foto: AP
Ekvador hukumati WikiLeaks asoschisi Julian Assanjni jahon internet tarmog‘iga ulanish imkoniyatidan mahrum qilgan. Bu haqda, saytning Tvitterdagi mikroblogida xabar qilinmoqda.
«Biz Ekvador Assanjning shanba kuni internetga ulanishiga yo‘l qo‘ymaganini tasdiqlaymiz», — deyiladi xabarda.
Ta'kidlanishicha, Assanj AQSh prezidentligiga Demokratik partiya nomzodi Hillari Klintonning Goldman Sachs korporatsiyasidagi nutqi saytda e'lon qilingach, internet ulanishdan mahrum qilingan.
Avvalroq, WikiLeaks saytining Londondagi Ekvador elchixonasida istiqomat qiluvchi asoschisi Julian Assanj interneti o‘chirilgani xabar qilingan edi.
Mavzuga oid

15:21
Londonda "O‘zbekiston huquq kuni" biznes-forumi tashkil etiladi

00:11 / 13.05.2025
Londonda Rossiya josuslik tarmog‘i rahbari 10 yilga qamaldi

10:17 / 10.05.2025
London va Skandinaviya Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi

20:05 / 04.05.2025