«Roskosmos» Schiaparelli bilan aloqa qachon tiklanishini ma'lum qildi

Foto: roscosmos
«Roskosmos» davlat korporatsiyasining ma'lum qilishicha, Schiaparelli moduli bilan aloqani o‘rnatish imkoni yana bir necha kun saqlanib turadi.
Xabarlarga ko‘ra, fazoviy modulning batareyalari uning ishlash qobiliyatini uch kundan o‘n kungacha saqlab tura oladi.
Biroq, korporatsiyaning qo‘shimcha qilishicha, bularning bari Schiaparelli moduli Mars yuzasiga «yengil» qo‘nishni amalga oshirgan bo‘lsagina mumkin.
Avvalroq, Rossiya-Yevropa qo‘shma loyihasi bo‘lgan Schiaparelli moduli TGO modulidan ajrab, Marsga qo‘ngani haqida xabar qilingan edi. Biroq olimlar uning sayyoraga muvaffaqiyatli tushganini aniqlay olishmayapti.
Mavzuga oid

09:36
Shimoliy Yevropa davlatlari Rossiya tomonidan xavfni ko‘rmoqda

12:24 / 22.05.2025
Lavrov Yevropani AQShga sanksiyalarni kuchaytirish uchun bosim o‘tkazishda aybladi

14:23 / 17.05.2025
AQSh Yevropadagi qo‘shinlari sonini kamaytirishni ko‘rib chiqmoqchi

08:40 / 13.05.2025