Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy fazogirlari yerga muvaffaqiyatli qaytishdi

Foto: © Getty Images
Xitoyning "Shenchjou-11" kosmik kemasi kapsulasi Xitoy shimolidagi Ichki Mo‘g‘uliston muxtor tumani hududiga muvafaqqiyatli qo‘ndi. U ikki nafar xitoylik fazogirlarni Yerga olib tushgan, deb xabar qilmoqda Xitoy markaziy televidiniyesi.
Yerga qo‘nish belgilangan tartibda amalga oshgan. Ikki fazogirning salomatligi me'yorida ekani aytilmoqda. Xitoy fazoviy parvozlari dasturi rahbari general Chjan Yusya "Shenchjou-11"ning muvaffaqiyati haqida rasman e'lon qilgan.
"Tyangun-2" orbital laboratoriyasi 15 sentabrda fazoga uchirilgan edi. 17 oktabrda unga "Shenchjou-11" uchirildi. Fazogirlar Tszin Xaypen va Chen Dun fazo modulida 30 kun bo‘lib, turli tajribalar o‘tkazishgan. Ular Yerga qaytgani sababli, "Tyangun-2" mustaqil ravishda faoliyat ko‘rsatadi.
Mavzuga oid

11:48
Rossiya va Xitoy harbiy mashqlari: Yapon dengizida manyovrlar boshlandi

09:59
O‘zbekiston va Xitoy OTM o‘rtasida akademik almashinuv dasturlari kengayadi

23:43 / 03.08.2025
Xitoyda Starlink sun’iy yo‘ldoshlarini ko‘rinmas kemalar yordamida urib tushirish taklif qilinmoqda

18:33 / 03.08.2025