Samsung Galaxy S6 smartfoni samolyot bortida yonib ketdi

Foto: hi-tech.mail.ru
Samsung Galaxy S6 smartfonining navbatdagi yonib ketish holati Xitoyda qayd etildi. Bu haqda Phone Radar xabar bermoqda. Smartfon aynan parvoz vaqtida yonib ketgan.
China Airlines aviakompaniyasining CI027 borti Tayvanning bosh shahri Taybeyga parvoz qildi. Ana shunda yo‘lovchilarning birida bo‘lgan Samsung Galaxy S6 smartfoni avvaliga tutadi, so‘ngra yona boshladi.
Samolyot ekipaji darhol zarur chora-tadbirlarni amalga oshirdi: yerga tashlangan smartfon o‘t o‘chirish moslamasi yordamida o‘chirildi, so‘ngra uni ekspertiza uchun muz solingan chelakka solib qo‘yishdi. Qurilma egasining qo‘li kuyib qoldi.
Mavzuga oid

12:02
Toshkentda O‘zbekiston-Xitoy transport fakulteti ochildi

00:45
Tramp Xitoy bilan savdo urushini hal etish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilishini ma’lum qildi

18:56 / 06.06.2025
Eron ballistik raketalar uchun Xitoydan «ming tonna material» buyurtma qildi

18:13 / 06.06.2025