Xitoyda hisobchi o‘margan 240 ming dollarini strimerlarga sovg‘a qilib yubordi

Foto: Getty Images
Xitoyning Suchjou shahrilik hisobchi hujjatlarni soxtalashtirib, tashkilot kassasidan mablag‘larni o‘margan. Buni u keyinchalik sevimli strimerlari elektron hisob raqamlariga o‘tkazish uchun amalga oshirdi. Ni familiyalik 27 yoshli ayol hammasi bo‘lib 227 ming dollar o‘g‘irladi, deb yozadi Global Times.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Ni strimlar ko‘rishni yoqtirgan. U yerda esa pul yoki boshqa mukofot evaziga videoblogerlar kamera oldida tomoshabinlarning turli iltimos va xohishlarini bajarishadi. Xitoylik ayol 2015 yilda davlat tashkilotiga hisobchi lavozimiga ishga kirgan. Bunga qadar esa videoblogerlar orasida bir necha sevimli qahramonlarga ega bo‘lib ulguradi va tashkilotdan o‘marilgan pullarni ularga berishni boshlaydi.
Oxir-oqibat politsiya Nini qo‘lga oldi. Sud xitoylik ayolni besh yillik qamoq va 49 ming dollarlik jarima jazosiga mahkum etdi.
Mavzuga oid

22:56 / 23.05.2025
Xitoylik taykonavtlar ochiq kosmosda 8 soatlik missiyani amalga oshirdi

19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi

16:44 / 22.05.2025
Xitoyda o‘g‘irlangan iPhone «qabristoni» topildi

07:39 / 22.05.2025