Abdulaziz Komilov YeXHT DIIHB kuzatuvchilar missiyasi rahbari bilan uchrashdi
14 dekabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining (YeXHT DIIHB) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatish bo‘yicha missiyasi rahbari, elchi Peter Yoxan Teyler bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati ma'lum qildi.
Suhbat davomida 36 davlatning 193 vakili, jumladan, 20 uzoq va 150 qisqa muddatli kuzatuvchilardan tashkil topgan missiyaning O‘zbekistondagi faoliyati, shuningdek, O‘zbekiston va DIIHB o‘rtasidagi munosabatlar, saylov qonunchiligini yanada takomillashtirish masalalari bo‘yicha hamkorlikning istiqbollari to‘g‘risida fikr almashildi.
Elchi Peter Teyler O‘zbekiston tomonini saylov kampaniyasining yakunlanganligi va bugun Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qasamyod qilish tantanali marosimi bo‘lib o‘tganligi bilan tabrikladi hamda missiya faoliyati davomida ko‘rsatilgan ko‘mak uchun minnatdorlik bildirdi.
Suhbatda missiya rahbari o‘rinbosari Polina Mariya Lemos va ekspert Stefan Tszved qatnashdi.
Mavzuga oid

12:12 / 03.06.2025
«Vaqti-soati kelganda tan olamiz» – Komilov O‘zbekiston «Tolibon»ni xalqaro hamjamiyat bilan birga tan olishini aytdi

18:24 / 31.05.2025
«Kimgadir yoqadimi-yoqmaydimi, Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda davom etamiz» - Abdulaziz Komilov

13:47 / 31.05.2025
«Harbiy to‘qnashuv ham turgan gap edi» - Abdulaziz Komilov Markaziy Osiyoda 2016 yilgacha bo‘lgan muhit haqida

11:53 / 14.04.2025