Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshiba biznesini sotmoqda

Yaponiyaning Toshiba korporatsiyasi mikrochip va xotira qurilmalari ishlab chiqarish bo‘yicha o‘z biznesini sotayotgani haqida ma'lum qildi. Bu AQShdagi atom elektr stansiyasi qurilishi bilan bog‘liq sarf-xarajatlarni qoplash maqsadida amalga oshirilayotgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda kompaniya tomonidan tarqatilgan bayonotda aytiladi.
Kelishuv shartlari aksiyadorlarning mart oyidagi yig‘ilishida tasdiqlanishi lozim. Toshiba bu biznes va bir qator boshqa aktivlarini sotish orqali 2,6 milliard AQSh dollari olish niyatida. U 2015 yilda 970 million dollar operatsion daromad keltirgandi.
Ehtimoliy xaridorlar orasida Toshiba bilan Yaponiyaning Iokkaiti shahrida mikrochiplar ishlab chiqaruvchi zavodni birgalikda boshqaruvchi Amerikaning Western Digital kompaniyasi bor. Shuningdek, Yaponiyaning Canon korporatsiyasi ham kelishuvda ishtirok etish niyatini bildirgan.
Toshiba joriy moliya yili yakunlariga ko‘ra 6,1 milliard dollarlik xarajatlarni bashorat qildi. Shu sababli kompaniya rahbariyati Yaponiya taraqqiyot bankidan moliyaviy ko‘mak so‘ragan.
Ma'lumot uchun, Toshiba “Fukusima-1” atom elektr stansiyasidagi avariyadan so‘ng Yaponiyaning o‘zida yangi atom inshootlarini qurishdan bosh tortishi tufayli turli qiyinchiliklarga duch kela boshladi. Inqiroz uning AQShdagi AESlarni qurish va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha bo‘linmasi Westinghouse Electric 2015 yilda Amerikaning CB&I Stone&Webster firmasini xarid qilgach, yanada chuqurlashdi. Bu bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar kelishuv yakunlangach, avvalgi bashoratlardan ancha ko‘pligi ma'lum bo‘ldi. Bu esa juda ham yirik chiqimlarga olib kelgan.
Mavzuga oid

21:29
Yevrkomissiya rahbari AQSh bojlariga javob qaytarishga tayyorligini ma’lum qildi

19:50
AQSh bosh prokurori Trampga qarshi ishlarga aloqador 20 dan ortiq xodimni ishdan bo‘shatdi

18:13 / 12.07.2025
Tramp 1 avgustdan Yevropa Ittifoqi tovarlariga 30 foizlik boj joriy qildi

09:34 / 12.07.2025