Video: Kenguru velosipedchi ustidan sakrab o‘tib ketdi
Avstraliyada yashovchi britaniyalik Jyeyms Roberts kenguru velosipedchining ustidan sakrab o‘tib ketganini tasvirga tushirdi. Bu haqda Daily Mirror xabar berdi.
Erkak o‘z tanishlari bilan velosipedda sayrga chiqqan. Uning yukxonasida o‘rnatilgan kamera ortidan kelayotgan Adelaida shahri fuqarosi Maykl Blandni videoga oldi.
Kutilmaganda butalar orasida kenguru otilib chiqib, velosipedchi boshidan sakrab o‘tgan hamda boshqa tomonga chopib ketgan. Bland boshini biroz egishga muvaffaq bo‘ldi, biroq to‘xtamadi va harakatlanishda davom etdi.
Roberts esa yozuvni Facebook ijtimoiy tarmog‘iga joylashtirgan.
Mavzuga oid

23:14 / 14.05.2025
Bolalar hayvonot bog‘ida kenguru bilan mushtlashgan erkak vafot etdi

12:24 / 30.04.2025
AQSh Avstraliyaning Amerika tanklarini Kiyevga berishiga to‘sqinlik qilyapti

21:25 / 28.04.2025
Avstraliya Ukraina uchun Abrams tanklarini yetkazib berishni kechiktirdi

21:02 / 28.04.2025