Pan Gi Mun Harvard universitetida dars berish imkoniyatini o‘rganib chiqmoqda

Foto: AFP
BMTning sobiq bosh kotibi Pan Gi Mun 2016 yilda AQShning Harvard universitetida ta'lim berish bo‘yicha taklif olgan edi. Ayni vaqtda, sobiq bosh kotib uni o‘rganib chiqmoqda, deya xabar beradi “Yonxap” agentligi.
Pan Gi Mun taklifni olganida Nyu-Yorkda edi, u butunjahon tashkilotining bosh kotibligi lavozimini tark etishga hozirlik ko‘rayotgandi. Dekabr oyi oxirida u vatani Janubiy Koreyaga qaytdi. Pan Gi Mun bu yerda mamlakat prezidentligiga o‘z nomzodini ilgari surishi kutilayotgandi. Biroq uning rejalari kutilmaganda o‘zgarib ketdi.
"Harvard universiteti tomonidan taklif olingan ekan, u ko‘rib chiqilayapti", — deya Pan Gi Mun atrofidagi manba so‘zini keltiradi axborot agentligi. So‘nggi qaror 16 fevralda qabul qilinishi kutilmoqda.
Mavzuga oid

09:35 / 24.05.2025
Sud Trampning Harvardga xorijliklarni qabul qilishni taqiqlash qarorini blokladi

00:39 / 23.05.2025
AQSh hukumati Harvard universitetiga chet ellik talabalarni o‘qishga qabul qilishni taqiqladi

19:29 / 28.04.2025
AQSh talabalari Tramp sabab Britaniyada o‘qishni xohlamoqda

18:37 / 22.04.2025