Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda sigir tennis o‘yinida ishtirok etdi
Hindistonning Gvalior shahrida ayollar o‘rtasida ITF turkumidagi tennis musobaqasi vaqtida kortga sigir chiqib keldi. Bu haqda musobaqada birinchi tartib raqami ostida qatnashayotgan Fotima Al-Nabhoniy Instagram’dagi sahifasida xabar qilgan hamda hodisa videosini taqdim etgan.
Mukofot jamg‘armasi 15 ming dollarni tashkil etuvchi musobaqa ishtirokchi hamda tashkilotchilari noodatiy mehmonga e'tibor ham berishmadi. Jonivor sportchilar atrofida bir muddat aylanib yurgach, kortni tark etdi.
Hindistonda sigir muqaddas jonivor deb hisoblanadi, shuning uchun bu jonivorga sportchilar hamda qo‘riqlash xizmati xodimlari qo‘pollik bilan munosabatda bo‘lishmagan.

Mavzuga oid

07:26
Hindiston qirg‘oqlarida Rossiya nefti yuklangan tankerlar harakatsiz turibdi

00:30
Hindiston AQSh bojlariga qarshi javob tayyorlayotgani haqidagi xabar yolg‘onligini bildirdi

18:09 / 03.08.2025
Hindiston bosh vaziri Pokistonga tahdid qildi

21:35 / 02.08.2025