Suriyani yenggan Janubiy Koreya O‘zbekistondan 4 ochkoga ilgarilab ketdi

JCh–2018 turniriga saralash bosqichi A guruhi 7-turida Janubiy Koreya terma jamoasi o‘z maydonida Suriya vakillarini qabul qildi.
Seul shahridagi World Cup Stadium maydonida bo‘lib o‘tgan o‘yinda maydon egalari Xong Jyong-Xo tomonidan uchrashuvning 4-daqiqasida urilgan yagona gol evaziga g‘alaba qozondi.
Janubiy Koreya mazkur g‘alabadan keyin ochkolari sonini 13taga yetkazib oldi va ikkinchi o‘rinni saqlab qoldi. Uli Shtileke shogirdlari endilikda O‘zbekistondan 4 ochkoga ilgarilab ketgan. Suriya 8 ochko bilan to‘rtinchi pog‘onada qoldi.
JCh–2018 saralashi, 7-tur
Seul, Janubiy Koreya
28 mart, seshanba
Janubiy Koreya – Suriya 1:0
Gol: Xong Jyong-Xo (4)
Ogohlantirishlar: San-Taye (90+2) – Mardikyan (90)
Mavzuga oid

00:47
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi

17:25 / 07.05.2025
T'way Air Seuldan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

21:14 / 05.05.2025
Janubiy Koreya aeroportlar yaqinida qushlarni nazorat qilishni kuchaytiradi

18:34 / 01.05.2025