Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namangan va Chelyabinsk o‘rtasida bir qator qimmatli shartnomalar imzolandi

Namangan viloyat hokimi Hayrullo Bozorov boshchiligidagi viloyat delegatsiyasi belgilangan dastur doirasidagi uchrashuvlarni amaliy natijalarga boy tarzda davom ettirmoqda.
Delegatsiyaning navbatdagi tashrifi «Transneft» va «Konar» sanoat hududiga bo‘ldi. «Stankomash» sanoat parki direktori Abramova Alena delegatsiya a'zolarini mazkur hudud bilan tanishtirar ekan, u yerda ishlab chiqarishning zamonaviy uslublari qo‘llanilayotganini ta'kidlab o‘tdi.
«Namanganda barcha sohalar qatori sanoat korxonalarini rivojlantirish borasida ham tizimli islohotlar olib borilmoqda. Buning natijasida bir qator sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarib kelayapmiz. Bugungi tashrif ham o‘zaro tajriba almshashishda muhim bo‘ldi», - deydi «Namanganmash» zavodi rahbari Maxmud Usmonov.
Namangan delegatsiyasining 28 mart kunidan boshlangan Sverdlovsk hamda Chelyabinskdagi tashrifi o‘z yakuniga yetmoqda. Hafta davomida ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sohalarda o‘zaro tajriba almashildi. Natijada xalqimizning farovonligini yanada oshirishda ahamiyatli bo‘lgan bir qator qimmatli shartnomalar hamda kelishuvlar imzolashga erishildi.
Ta'kidlash joizki, tashrif amalga oshirilgan ikki hudud delegatsiyalari yil yakunida Namanganga tashrif buyurishadi.
Hojiakbar PATTAYeV
Chelyabinskdan maxsus reportaj
Mavzuga oid

13:26 / 22.07.2025
Rossiyada qiyin ahvolda qolgan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi

07:47 / 27.07.2024
Chelyabinsk viloyatida to‘g‘on yorilishi: beshta qishloq suv ostida qoldi

13:43 / 01.04.2024
Rossiyada «Makfa» ishi bo‘yicha 100 trillion rubllik aktivlar xatlovga olindi

18:48 / 08.11.2023