Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lavrov Tillerson bilan AQShning Suriyaga bergan zarbasini muhokama qildi

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQSh davlat kotibi Reks Tillerson bilan AQShning Suriyadagi Shayrat aviabazasiga bergan zarbasini muhokama qildi. Bu haqda Rossiyaning feysbukdagi akkauntida ma'lum qilindi.
Lavrov AQSh o‘z harakatlari bilan faqatgina ekstremistlarga xayrixohlik qilayotganini, "mintaqaviy va global xavfsizlikka qo‘shimcha xavflar yaratayotganini" aytdi. "Tomonlar shaxsiy uchrashuvda Suriyadagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha ishlarning joriy holatini ko‘rib chiqishni davom ettirishga kelishib oldilar", deb aytildi xabarda.
Lavrov kimyoviy hujumlar uyushtirish yuzasidan Suriya hukumatiga qo‘yilayotgan ayblovlarni rad etdi va Idlib viloyatidagi voqeani "batafsil, xolis va professional" tergov qilishga chaqirdi.
AQSh prezidenti Donald Tramp Shayrat aviabazasiga berilgan zarbani go‘yoki Suriya qo‘shinlarining 4 aprelda Idlib viloyatida odamlarga nisbatan sodir etgan kimyoviy hujumiga "proporsional javob" ekanligini aytgan.
Mavzuga oid

14:20
Suriyada darziylar va sunniylar o‘rtasidagi janglarda 37 kishi halok bo‘ldi

10:34
Lavrov: Rossiya va KXDR hamkorligi Koreya yarimorolidagi vaziyatni barqarorlashtirishga yordam beradi

21:38 / 12.07.2025
Lavrov Shimoliy Koreyada Kim Chen In bilan uchrashdi

19:18 / 12.07.2025