Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda robotlashtirilgan saralash tizimi ishga tushirildi

Xitoydagi mahsulotlarni yetkazib berish xizmatlaridan biri omborda jo‘natmalarni saralash uchun yuzlab robotlardan foydalanmoqda. Bu haqida People's Daily nashri xabar berdi.
Kompaniyaning saralash stansiyalaridagi olovrang robotlar skanerlash kodi yordamida paketning "maqsadi"ni aniqlash xususiyatiga ega.
Robotlar bir sutkada 200 ming jo‘natmani saralaydi, quvvat talab qilmaydi va 24/7 rejimida ishlay oladi. Kompaniyada mazkur tizimning inson mehnatiga nisbatan 70 foizga yaqin xarajatlarni tejashi ta'kidlanmoqda.
2014 yil oxirlarida Amazon kompaniyasi buyurtmalarni jo‘natish omborlarida bir necha ming Kiva robotlarini qo‘llashni boshlagan edi. Ma'lum bo‘lishicha, kompaniyaning olovrang yordamchilari xuddi shunday vazifalarni bajaruvchi xodimlarga nisbatan 4-5 karra samarali bo‘lib chiqqan. Inson 60-75 daqiqa sarflaydigan ishlarni robot 15 daqiqada uddalagan.

Mavzuga oid

10:19
Xitoy O‘zbekistonda suv resursini tejash loyihalariga jalb etiladi

21:44 / 11.07.2025
Xitoyda robot it 100 metr masofani 13 soniyada yugurib o‘tdi

20:34 / 11.07.2025
Xitoylik olimlar razvedka va qutqaruv operatsiyalari uchun kiber-ari yaratdi

14:24 / 11.07.2025