Harbiy xizmatchi ochilmay qolgan parashyut sabab halok bo‘ldi (video)

Amerikalik harbiy ochilmay qolgan parashyut bilan bog‘liq hodisada olgan jarohatlari tufayli kasalxonada vafot etdi, deb xabar bermoqda ABC.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, Amerika harbiy-dengiz kuchlari harbiy xizmatlari maxsus tadbir vaqtida parashyutdan sakrash mashqlarini ko‘rsatishgan. Biroq askarlardan birida moslama ochilmay qoldi, hamda u suvga tushish maqsadida uni o‘zidan ajratib yuborishga majbur bo‘lgan. Jabrlanuvchi kasalxonaga yetkazildi, ammo hayot uchun xavfli bo‘lgan jarohatlar olgani sabab vafot etgan.
Internetda harbiy xizmatchining parashyuti bir qismi asfaltga tushganini ko‘rish mumkin bo‘lgan video paydo bo‘ldi, biroq unda marhumning o‘zi tasvirlanmagan.
ABC’ning ta'kidlashicha, nomi oshkor etilmayotgan askarning o‘limi yuzasidan surishtiruv ishlari boshlab yuborildi.

Mavzuga oid

23:12 / 24.06.2025
AQSh O‘zbekiston fuqarolarining viza arizalarini qariyb 65 foizini rad etdi

21:21 / 24.06.2025
«Ular nima qilayotganini bilmaydi» - Tramp Erondan ham, Isroildan ham mamnun emas

20:50 / 24.06.2025
Tramp Isroil va Eron o‘rtasidagi ziddiyatni sharhlab, haqoratli so‘zlarni ishlatdi

19:30 / 24.06.2025