Londonda islomofobiyaga qarshi norozilik aksiyalari bo‘lib o‘tdi

Foto: Anadolu
Londonda islomofobiyaga asoslangan jinoyatlarga qarshi norozilik aksiyasi bo‘lib o‘tdi. "Anadolu" agentligi shu haqida xabar berdi.
Aktsiya ishtirokchilari irqchilikka qarshi chiqib, ultrao‘ng kuchlar xatti-harakatlaridan jabrlanganlarni, shu jumladan iyun oyida London ko‘chalarida kislota sachratilgan 37 yoshli Jamil Muxtor va 21 yoshli Resham Xonni qo‘llab-quvvatlashdi.
Aktsiya tashkilotchilaridan biri Rob Fergyusonning aytishicha, Muxtor va Xonga qilingan hujum islomofobiyaga asoslangan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, politsiya bunday turdagi jinoyatlarni o‘rganishga u qadar xafsala bilan yondashmaydi, bu esa noto‘g‘ri.
21 iyun kuni Buyuk Britaniya fuqarosi Jon Tomlin Jamil Muxtor va Resham Xonlarga qarata kislota sachratgan. Ular jiddiy jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Mavzuga oid

00:11 / 13.05.2025
Londonda Rossiya josuslik tarmog‘i rahbari 10 yilga qamaldi

10:17 / 10.05.2025
London va Skandinaviya Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi

20:05 / 04.05.2025
BMT sudyasi qullik mehnatiga majburlagani uchun 6 yilga qamaldi

13:39 / 28.04.2025