Hamburgdagi tartibsizliklar vaqtida rossiyaliklar qo‘lga olingan

Foto: Reuters
Rossiyaning Hamburgdagi bosh konsulxonasi G20 sammiti vaqtidagi tartibsizliklardagi ishtiroki tufayli ikki nafar rossiyalik qo‘lga olingani haqida ogohlantirilgan. Bu haqda RFning Berlindagi elchixonasi press-attashesi Denis Mikerin ma'lumot bergan.
«Rossiyaning Hamburgdagi bosh konsulxonasi GFRda rossiyalik fuqarolar qo‘lga olingani haqida bildirishnoma olgan. 6-8 iyul kunlari Hamburgda o‘tgan «Katta yigirmatalik» sammiti davomida qo‘lga olingan ko‘p sonli xorijliklar orasida Rossiyaning 1986 va 1996 yillarda tug‘ilgan ikki fuqarosi ham bor», - deya yozgan u feysbukdagi sahifasida.
U konsulxona vakillari yaqin vaqt ichida qo‘lga olingan fuqarolar bilan uchrashishi hamda ularning oila a'zolari bilan aloqa o‘rnatishi haqida qayd etib o‘tgan.
Bu vaqtda Deutsche Welle radiosi Hamburgdagi namoyishlar vaqtida olti nafar rossiyalik qo‘lga olingani haqida xabar bergan.
Mavzuga oid

17:53 / 02.06.2025
Markaziy Osiyo davlatlari va Hindiston tashqi ishlar vazirlari uchrashadi

08:10 / 30.05.2025
Shavkat Mirziyoyev "Markaziy Osiyo - Italiya" sammitida ishtirok etadi

23:27 / 23.05.2025
Hamburg markaziy vokzalida ayol kishi pichoq bilan odamlarga hujum qildi. Kamida 12 kishi jarohat oldi

17:07 / 21.05.2025