Apple aksiyalari keskin arzonlashib ketdi

Foto: AP
Apple Inc. kompaniyasida ma'lum qilinishicha, kompaniya aksiyalari oxirgi 17 oy ichidagi eng katta yo‘qotishga uchradi. Bu haqda Financial Times nashri xabar berdi.
Nashrning ma'lum qilishicha, Apple aksiyalari oxirgi savdolar vaqtida 1,5 foizga, hafta boshidan esa 5,2 foizdan ko‘proqqa arzonlashgan.
Shuningdek ta'kidlanishicha, Apple’ning joriy haftadagi bozordagi kapitallashuvi 43 mlrd dollardan ko‘proqqa kamaygan.
Ta'kidlash joizki, Apple joriy oyda barcha mahsulotlari narxini oshirdi. Kompaniya 12 sentabrda yangi smartfonlarini taqdim qilgandi.
Ma'lum qilinishicha, kompaniya Apple Watch 3 aqlli soatlari savdosi oldidan ularda ulanishda muammolar mavjudligini tan olgan.
Mavzuga oid

16:44 / 22.05.2025
Xitoyda o‘g‘irlangan iPhone «qabristoni» topildi

17:55 / 12.05.2025
Apple deyarli butunlay shisha iPhone chiqaradi

17:55 / 23.04.2025
Yevrokomissiya Apple va Meta’ni 700 mln yevro jarimaga tortdi

09:03 / 21.04.2025