Oliy liga. «Bunyodkor» Qo‘qonda yirik hisobda g‘alaba qozondi

Oliy liganing 28-turida, «Qo‘qon-1912» o‘z maydonida «Bunyodkor»ni qabul qildi.
5-daqiqada mehmonlar hisobni ochdi. Mirjamol Qosimov himoyachilar xatosidan unumli foydalanib, darvozani ishg‘ol etdi.
14-daqiqada, burchak zarbasidan keyin, hisob tenglashdi. Jarima maydonchasi ichida yuzaga kelgan pala-partishlikdan keyin, Suhrob Berdiyev gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Tanaffusga jamoalar shu hisobda chiqib ketishdi.
Ikkinchi bo‘lim mezbonlar uchun omadsiz boshlandi. 47-daqiqda Dilshod Ahmadaliyev kuchli va aniq zarba yo‘llab, darvozani aniq nishonga oldi. 59-daqiqada Anvar G‘ofurov hisobdagi farqni oshirdi. Oradan 10 daqiqa o‘tgach, Otabek Shukurov boshi bilan darvozaga to‘p kiritdi. 73-daqiqada, zaxiradan maydonga tushgan Shoxrux Gadoyev «Bunyodkor»ning beshinchi goliga mualliflik qildi. 85-daqiqada Javohir Sidiqov jarima to‘pini qoyilmaqom tarzda ijro etib, hisobni biroz qisqartirdi.
Bu g‘alabadan so‘ng, 49 ochko jamg‘argan «Bunyodkor» 4-o‘rindagi mavqesini mustahkamladi. «Qo‘qon-1912» 41 ochko bilan 8-o‘rinda qoldi.
Oliy liga, 28-tur
«Qo‘qon-1912» – «Bunyodkor» 2:5 (1:1)
Gollar: Suhrob Berdiyev (13), Javohir Sidiqov (85) — Mirjamol Qosimov (6), Dilshod Ahmadaliyev (47), Anvar G‘ofurov (59), Otabek Shukurov (69), Shoxruh Gadoyev (74).
«Qo‘qon-1912»: Aziz Ashurov, Jamshid Hasanov, Javohir Sidiqov, Doniyor Hasanov (Muhammadanas Hasanov, 63), Suhrob Berdiyev, Aleksandr Merzlyakov, Akmal Xolmurodov, Darko Gojkovich, Quvondiq Ro‘ziyev (Bahodir Akramov, 67), Murod Xolmuhammedov, Filip Rayyevats.
«Bunyodkor»: Murod Zuhurov, Rustam Ashurmatov, Akram Komilov, Anvar G‘ofurov, Javlon Ibrohimov, Shahzodbek Nurmatov (Vohid Shodiyev, 74), Dostonbek Hamdamov (Farruh Ikromov, 82), Dilshod Ahmadaliyev, Otabek Shukurov, Xurshid G‘iyosov (Shoxruh Gadoyev, 62), Mirjamol Qosimov.
Ogohlantirishlar: Doniyor Hasanov (39), Otabek Shukurov (39).
Mavzuga oid

07:53 / 18.05.2025
"Ko‘chamiz dahshatli tutun bilan qoplandi" - Qo‘qonda ammiak sizib chiqqan hududdan reportaj

22:26 / 16.05.2025
Qo‘qonda ammiak bilan bog‘liq favqulodda holat yuz berdi

12:03 / 04.04.2025
Qo‘qonda bir oilaning 4 a’zosi is gazidan zaharlanib, vafot etdi

08:16 / 24.03.2025