Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda havo ifloslanishi bilan kurashning ajoyib usuli qo‘llanilmoqda

Foto: EAST NEWS
Xitoydagi ko‘pchilik shaharlar ifloslanishning rekord darajalaridan aziyat chekadi. Shenchjenda bu muammoni hal qilish uchun, kelasi yilning oxiriga qadar elektr avtobuslar oddiy avtobuslar o‘rnini egallaydi. Bunda BYD kompaniyasining elektrbuslaridan foydalaniladi, deb yozmoqda Clean Technica.
Jamoat transportining barcha parkini elektrga o‘tkazish shahardagi havo sifatini keskin oshirishi mumkin. Shenchjen shahri insonlar hayoti xorijiy neft kompaniyalari daromadidan yuqori turishini tushunib yetdi.
Shenchjen bu maqsad bo‘yicha ancha vaqtdan beri ishlamoqda. Ko‘chalarda 14 000 ta elektr avtobuslar yuribdi, atigi bir necha yuzta dizellisi qolgan. Ular ikki oy davomida foydalanishdan olinadi. BYD esa shahar uchun elektr avtobuslarning 80 foizini yetkazib berishga javobgar. Kompaniya shuningdek shaharni elektrmobillar (EV) bilan ham ta'minlaydi, aynan BYD Xitoy EV bozorida yetakchilik qiladi, hamda butun dunyo bo‘ylab o‘zining elektr avtobusini taqdim etadi. BYD Shenchjenda sinov jarayonlarini 2011 yilda boshlagan. Olti yil davomida gigant shaharni (aholisi 11,9 mln. kishi) elektrtransportga o‘tkazishning uddasidan chiqildi.
Mavzuga oid

10:19 / 12.07.2025
Xitoy O‘zbekistonda suv resursini tejash loyihalariga jalb etiladi

21:44 / 11.07.2025
Xitoyda robot it 100 metr masofani 13 soniyada yugurib o‘tdi

20:34 / 11.07.2025
Xitoylik olimlar razvedka va qutqaruv operatsiyalari uchun kiber-ari yaratdi

14:24 / 11.07.2025