Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil BMT Bosh assambleyasining Al-Quds bo‘yicha qarorini ma'qullamaydi

Foto: RIA Novosti
Isroil BMT Bosh assambleyasining Al-Quds bo‘yicha qarorini ma'qullamaydi, lekin yahudiylar davlatini ko‘plab davlatlar qo‘llab-quvvatlaganini mamnuniyat bilan qayd etadi, deb xabar berdi Isroil bosh vazirining devonxonasi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Ilgariroq Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh assambleyasi AQShning Al-Qudsni Isroil poytaxti deb qabul qilishi haqidagi qarorini tan olmaslik to‘g‘risidagi rezolyutsiyani ko‘pchilik bir ovoz bilan qabul qilgan edi.
“Isroil BMTning bu qarorini ma'qullamaydi, lekin ko‘plab davlatlar ushbu qarorga qarshi ovoz berganini mamnuniyat bilan qayd etadi. Bu davlatlar bosh vazir tashrif buyurgan Yevropa, Afrika va Lotin Amerikasi davlatlaridir”, — deyiladi devonxonaning Twitter’da e'lon qilingan bayonotida.
Rezolyutsiyaga qarshi AQSh, Isroil, Gvatemala, Honduras, Marshall orollari, Mikroneziya, Nauru, Palau, Togo kabi davlatlar chiqishgan. Ovoz berish jarayonida betaraf qolganlar orasida Argentina, Benin, Kanada, Xorvatiya, Latviya, Meksika, Ruminiya va boshqalar bor. 20 ta davlat hujjatga o‘z munosabatini bildirishdan bosh tortib, qatnashmagan. Ular orasida Gurjiston, Ukraina, Mo‘g‘uliston, Moldova va Zambiya bor.
“Isroil prezident Trampga Al-Quds bo‘yicha yagona pozitsiyasi uchun tashakkur bildiradi, shuningdek, Isroil va haqiqat uchun ovoz bergan davlatlarlarga tashakkur aytadi”, — deyiladi bayonotda.
Mavzuga oid

23:05 / 11.07.2025
Isroil armiyasi HAMASning olti nafar qo‘mondoni o‘ldirilganini ma’lum qildi

13:45 / 11.07.2025
BMT: Ukrainada iyunda tinch aholi orasida qurbonlar soni eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi

12:46 / 10.07.2025
AQSh Isroilning asosiy tanqidchisi - Francheska Albanezeni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi

21:27 / 09.07.2025