Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida harbiy xizmatchilarni kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtining muddatli harbiy xizmatini o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilarni tantanali kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Harbiy xizmatchilarni Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi, Respublika Yoshlar ittifoqi hamda Chirchiq shahar hokimligi vakillari qizg‘in muborakbod etishdi.
Xizmat burchini tamomlayotgan askarlar ichida harbiy qism qo‘mondonligining imtiyozli tavsiyanomasini olgan askarlar ko‘pchilikni tashkil etadi.
Tadbir davomida Markaziy harbiy orkestr jamoasi, Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli xonandalari tomonidan yangragan kuy va qo‘shiqlar barchaga manzur bo‘ldi.
Mavzuga oid

07:43
Harbiy xizmatga chaqiriluvchilarni tanlab olish shaffof bo‘ladi

23:15 / 01.07.2025
Daniya ayollar uchun majburiy harbiy xizmatni qaytardi

20:48 / 26.06.2025
Qozog‘istonda armiyaga SMS orqali chaqirishga ruxsat beriladi

20:13 / 13.04.2025