Andijonda nogiron ayolni do‘pposlagan shaxs ushlandi
Andijon viloyatining Marhamat tumanida jinoyat yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Qayd etilishicha, 2018 yil 6 fevral kuni Marhamat tumanida yashovchi, 2-guruh nogironi bo‘lgan D.A. ismli ayolning uyiga noma'lum shaxs bostirib kirib, yuziga qo‘llari bilan urib, hech narsa ololmay voqea joyidan yashiringan. Natijada D.A. kasalxonaga yotqizilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Marhamat tumani Tulga MFY Buloq ko‘chasida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan U.A. sodir etganligi aniqlanib ushlangan.
Mavzuga oid

11:45 / 04.06.2025
Germaniyada 33 yoshli shaxs Suriyadagi jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

22:09 / 23.04.2025
Olmaliqda shirinlikni yeb qo‘ygan bolasining qo‘lini kuydirgan ona 2 yilga qamaldi

17:21 / 05.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti

08:38 / 05.04.2025