Levi’s jinsilarni "eskirtirish"ning yangi usulini kashf qildi

Foto: Videodan kadr
Amerikaning Levi’s kiyimlar brendi Future-Led Execution jinsilar dizayni va ularni "eskirtirish" texnologiyasini namoyish qildi, bunda kimyoviy moddalar o‘rniga lazerdan foydalaniladi. The Verge shu haqida xabar berdi. Kompaniya xodimlarining aytishicha, bu ularga kimyoviy moddalarni qo‘llamaslik imkonini beradi, shu bilan birga, ishlab chiqarishning yakuniy bosqichidagi ishlar sonini to‘rttadan uchtaga kamaytiradi.
Levi’s'da yangilik eskirgan effektli jinsi modellarini ishlab chiqarish — nisbatan murakkabligi va ko‘p vaqt olishi bilan izohlanmoqda. So‘nggi o‘ttiz yilda bunga materialga maxsus kimyoviy aralashma bilan ta'sir o‘tkazish orqali erishilayotgan edi. Biroq endi mazkur texnologiya sekin-asta eskirgan deb tan olinadi. Brend ishlab chiqarish qoidalarini o‘zgartirishni rejalashtirmoqda.

"Yangi jarayonda birinchi qadam — jinsini suratga olish va ularni lazer hisoblay oladigan darajada illyustratsiya qilish. Avvallari 8,10, 12 daqiqada amalga oshgan ishni endi taxminan 90 soniyada bajarish mumkin, - deydi kompaniyada innovatsiyalar uchun mas'ul Bart Sayt. - Lazerlar infraqizil nurlar yordamida mato yuzasini yengil tirnaydi va kerakli shaklni hosil qiladi".
Texnik tomondan esa Levi’s jinsi kiydiriladigan maxsus mashinadan foydalanadi. Shundan so‘ng lazer va infraqizil nurlar yordamida matoda yirtiqlar va dog‘lardan iborat shakl hosil qilinadi. Yangi texnologiya shuningdek atrof-muhitga zararli moddalar bilan ziyon yetkazish xavfini kamaytirish imkonini beradi.

Kompaniya vakilining so‘zlariga ko‘ra, ular o‘z oldilariga ishlab chiqarishda qo‘llanilayotgan kimyoviy moddalar miqdorini keskin kamaytirishni maqsad qilib qo‘yishmoqda. Brend rejalariga muvofiq, 2020 yilga borib barcha jinsi kiyimlar lazer yordamida ishlab chiqariladi. Bu shuningdek ishlab chiqarish jarayonlarni ham ikki baravarga tezlashtiradi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
Shveytsariyadagi qishloqqa ko‘chib kelgan sayyohlarga 24 ming dollardan pul to‘lanadi
Jahon | 01:36 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya O‘zbekiston notasidagi ma’lumotlarni ko‘rib chiqmoqda – Mariya Zaxarova
Jahon | 16:51
-
Prezident ETTB, BAA va Lombardiya bilan hamkorlikning ustuvor masalalarini muhokama qildi
O‘zbekiston | 16:09
-
Rossiya: Halok bo‘lgan ukrainalik askarlar jasadini topshirish tez orada boshlanadi
Jahon | 16:05
-
O‘zbekistonning Latviyadagi turizm brendi elchisi tayinlandi
O‘zbekiston | 15:42
Mavzuga oid

18:03 / 14.10.2024
Shveytsariyada rekord darajada kuchli lazer yaratildi: u nimaga kerak?

11:20 / 10.05.2024
Uzbekistan Airports samolyotlarga lazer nurini yo‘naltirish holati ko‘paygani tufayli murojaat bilan chiqdi

10:32 / 20.01.2024
Britaniya lazerning birinchi jangovar sinovlarini o‘tkazdi

09:04 / 18.10.2023