Surxondaryoda kollej o‘quvchisi bo‘lgan qiz chaqalog‘ini bo‘g‘ib o‘ldirdi
Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumanida 2018 yil 7-8 mart kuni Qishloqazon mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi kanaldan yangi tug‘ilgan o‘g‘il bola chaqaloqning bo‘yin sohasiga mato bo‘lagi bog‘langan holda jasadi topilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida chaqaloqning onasi aniqlandi, u Qiziriq tumanida yashovchi, kasb-hunar kolleji o‘quvchisi, N.T. bo‘lib chiqdi.
2018 yil 28 fevral kuni N.T. uyida o‘g‘il bola chaqaloqni tug‘ib, hech kimga bildirmay o‘zining kiyimi bilan chaqaloqni bo‘g‘ib o‘ldirib, so‘ng jasadni yuqoridagi kanalga tashlab yuborganligi aniqlangan.
Ko‘rilgan choralar natijasida N.T. qo‘lga olingan.
Mavzuga oid

10:06 / 07.06.2025
Toshkent va Surxondaryoda kuchli ta’sirga ega dorilarni sotayotganlar ushlandi

00:21 / 07.06.2025
Buyuk Britaniyada 700 yil oldin amalga oshirilgan qotillik fosh etildi

19:06 / 03.06.2025
Qatldan qochganlar: mustaqil O‘zbekiston tarixidagi eng shov-shuvli qamoqdan qochish ishi

19:09 / 30.05.2025