Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona viloyati bosh imom-xatibi lavozimidan ozod etildi

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Farg‘ona viloyatida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. O‘zbekiston musulmonlari idorasining Farg‘ona viloyati vakili, viloyat bosh imom-xatibi Tursuntohir Erbo‘tayev o‘z xohishiga ko‘ra egallab turgan ushbu lavozimidan ozod etilib, Farg‘ona shahri “Ummul Quro” jome masjidi imom-xatibi vazifasida qoldirildi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahri bosh imom-xatibi Abdullayev Ubaydullo O‘zbekiston musulmonlari idorasining Farg‘ona viloyati vakili vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.
Mavzuga oid

17:30 / 01.08.2025
Farg‘onada IIB xodimining uyida tintuv o‘tkazildi

13:46 / 30.07.2025
Farg‘onada milliy cholg‘ular orkestri va simfonik orkestr tashkil etiladi

18:32 / 29.07.2025
Farg‘onada og‘ir yuk mashinalari harakati vaqtincha cheklandi

21:50 / 23.07.2025