Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston shimoli xalqaro terrorchilikning tayanch bazasiga aylanmoqda – Rossiya

Foto: RIA Novosti / Valeriy Melnikov
Afg‘oniston shimoli xalqaro terrorchilikning tayanch bazasiga aylanmoqda, deb aytdi Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Oleg Siromolotov Dushanbeda o‘tgan “Terrorchilik va ekstremizmga qarshi kurashish” mavzusidagi anjumanda.
“Bizga do‘stona davlatning shimoli IShIDning Afg‘onistondagi qanoti borgan sari muhim rol o‘ynashi bilan xalqaro terrorchilikning tayanch bazasiga aylanmoqda”, deb aytgan Siromolotov.
Uning aytishicha, turli ma'lumotlarga ko‘ra Afg‘onistonda hozirda IShIDning 4 mingdan 10 minggacha faol jangarisi bor bo‘lib, ulardan deyarli yarmi shimolda mujassamlashgan. “Orasida bir qator davlatlarning tashkilotlari va maxsus xizmatlari bo‘lgan homiylarning ochiqcha tashqi ko‘magida Afg‘onistonga turli millatdagi minglab, jumladan Suriya va Iroqda yo‘q qilinmagan jangarilar oqib kelmoqda va global terrorchilik inini shakllantirmoqda”, deb aytgan Siromolotov.
Siromolotovning aytishicha, terrorchilar qonuniy hukumatlarni ag‘darish, Markaziy Osiyo davlatlari va Rossiya hududlarini bosib olish va “Shimoliy Xuroson” deb nomlanuvchi davlat yaratish ularning maqsadlari ekanini ochiqchasiga aytishmoqda. “Terrorchilar Afg‘onistonda o‘rnashib olib, Suriya va Iroqda sinalgan sxemalarni takrorlab, oltin va foydali qazilmalar konlarini bosib olib, soliq va bojlar kiritib o‘z moliyaviy asosini mustahkamlamoqda”, deb aytgan Siromolotov.
Mavzuga oid

19:08 / 03.08.2025
Qozog‘iston Afg‘onistonga yordam ko‘rsatishda davom etadi – To‘qayev

07:51 / 21.07.2025
Germaniyadan bir yil ichida ikkinchi deportatsiya reysi Kobulga uchib ketdi

18:41 / 18.07.2025
O‘zbekiston, Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasida Transafg‘on temir-yo‘li bo‘yicha bitim imzolandi

12:15 / 18.07.2025