Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy politsiyasi hujumga qarshi samarali himoya usulini namoyish qildi (video)
Xitoylik politsiyachilar ijtimoiy rolikda o‘z-o‘zini muhofaza qilishning eng yaxshi usulini namoyish qilishdi. Ularning fikricha, bu usul pichoq bilan hujum qilishi mumkin bo‘lganlarga qarshi qo‘llashga mo‘ljallangan. Rolik hajviy yo‘nalishda olingan, biroq ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari taklif qilingan usulning ijobiy tomonlari va kamchiliklarini jiddiy tahlil qilishga qaror qilishgan ko‘rinadi.
Hujum amalga oshirilgan taqdirda qanday harakat qilish kerakligiga doir video YouTube'ning New China TV kanaliga joylangan.

Izohlarda uning Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida 16 million martadan ortiq ko‘rilgani ma'lum qilingan. Rolikda politsiyachilardan biri - hujumga tayyorlanayotgan bezori, ikkinchisi esa tinch aholi rolida namoyon bo‘lgan. Pichoqni ko‘rgan ikkinchi politsiyachi orqaga o‘girilib, yordam so‘rab qichqirgancha qochadi.
Reddit foydalanuvchilarining aksariyati taklif qilingan usul boshqa muhofaza usullaridan ishonchliroq ko‘rinishiga qo‘shilishgan. Biroq ularning orasida pichoq bilan hujum qilayotgan kishiga orqa o‘girib qochishni ma'qullamaganlar, bunday holatni xavfli deb topganlar ham bo‘ldi.
Mavzuga oid

10:36 / 12.07.2025
Rossiyada politsiyaga ushlanganlarni urushga jo‘natgani uchun pul to‘lanyapti

10:19 / 12.07.2025
Xitoy O‘zbekistonda suv resursini tejash loyihalariga jalb etiladi

21:44 / 11.07.2025
Xitoyda robot it 100 metr masofani 13 soniyada yugurib o‘tdi

20:34 / 11.07.2025