Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Rossiyaga gaz sotish miqdorini kamaytirdi
O‘zbekistonning “O‘zbekneftegaz” AJ Rossiyaning “Gazprom” aksiyadorlik kompaniyasiga gaz sotish hajmini kamaytirmoqda. Bunga Rossiya kompaniyasining gaz xarid miqdorini yildan-yilga kamaytirib borayotganidir. 2018 yil 6 iyul kuni Sankt-Peterburgda «Gazprom» boshqaruvi raisi Aleksey Millerning O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari «O‘zbekneftegaz» AJ boshqaruvi raisi Alisher Sultonov bilan uchrashuvi xususida berilgan axborotda shu haqda so‘z boradi.
Tomonlar kompaniyalarning ikki tomonlama hamkorligining borishi, shu jumladan Shoxpaxta konini birgalikda o‘zlashtirish masalasini muhokama qilishgan. Uchrashuvda, shuningdek, «Gazprom» tomonidan o‘zbekiston gazini xarid qilish masalalari hamko‘rib chiqilgan.

2017 yili «Gazprom» va «O‘zbekneftegaz» strategik hamkorlikka doir kelishuvni imzolagan bo‘lsa, shu yili «Gazprom» O‘zbekistondan 5,5 mlrd m3. tabiiy gaz xarid qilgan. 2016 yilda bu raqam 6,2 mlrd m3.ni tashkil etgan.
2017 yil imzolangan kelishuvga muvofiq, «Gazprom» O‘zbekistonda kelgusi 5 yil mobaynida yiliga 4 mlrd m3 gaz xarid qilishini ko‘zda tutadi.

Shoxpaxta — gazkondensat koni 1962 yili Ustyurt platosining janubi-sharqiy qismida ochilgan.
Mavzuga oid

21:15 / 08.07.2025
Shavkat Mirziyoyev «Gazprom neft» kompaniyasi rahbari Aleksandr Dyukov bilan uchrashdi

13:08 / 09.06.2025
Rossiya O‘zbekistonga gaz yetkazib berishni 4 barobardan ortiqqa oshirdi

09:54 / 04.06.2025
Bloomberg: "Gazprom" Turkiyadagi gaz habi bo‘yicha rejalarni keyinga qoldirdi

15:09 / 09.04.2025