Germaniya Berlin devorini qayta tiklaydi

Foto: AP
Germaniya poytaxtida 1961 yildan 1989 yilgacha GFR va GDRni ajratib turgan Berlin devorining bir qismi tiklanadi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, artistlar guruhi oktabr oyining o‘rtalarida boshlanadigan va to‘rt hafta davom etadigan badiiy loyiha doirasida devorning bir qismini qayta tiklaydi. Art-obektni tomosha qilish uchun tashrif buyuruvchilar 15 yevro evaziga maxsus vizani sotib olishi lozim bo‘ladi. Bundan tashqari, ular o‘zlarining mobil telefonlarini topshirishlari hamda uning o‘rniga shaxsiy ekskursion yo‘nalishlar bo‘lgan smartfonlarni olishlari kerak, unda hujjatli filmlarni tomosha qilish, shuningdek, ko‘rgazma va konsertlarga tashrif buyurish ham kiritiladi.
Art-loyiha ijodkorlarining so‘zlariga ko‘ra, mehmonlar boshqa mamlakatga sayohat qilishlari va ozodlik tuyg‘usini yo‘qotish nimani anglatishini tushunishlarini xohlashmoqda.
Mavzuga oid

15:21 / 06.06.2025
Germaniyada faollar Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatishni talab qildi

08:52 / 06.06.2025
Mers Trampning Germaniyaga tashrifi haqida ma’lum qildi

12:36 / 05.06.2025
Germaniya boshpana berishni rad etish tartibini soddalashtiryapti

11:45 / 04.06.2025