Toshkentda fuqaroni ko‘mir bahonasida 303 mln so‘mga «uxlatib» ketishdi

Illyustrativ foto
Toshkent shahrining Yashnobod tumanida jinoyat yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
Shu yil 4 iyun kuni IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2018 yil yanvar oyida Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida yashovchi Y.E. TXAY ko‘chasida joylashgan «Mustang» yoqilg‘i quyish shoxobchasi oldida Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida yashovchi B.E.ning 420 tonna ko‘mir mahsulotini 303 mln 400 ming so‘mga baholab, undan ko‘mirni olgani va sotib yuborib, pullarni bermasdan o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborganligi ko‘rsatilgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Y.E. ushlangan. Tergov davom etmoqda.
Mavzuga oid

19:35 / 08.06.2025
O‘zbekiston va Qatar o‘yini sabab «Bunyodkor» stadioni atrofidagi ko‘chalarda harakat cheklanadi

12:30 / 08.06.2025
Toshkentdagi mahalla ichida 5 qavatli mehmonxona qurilishi mumkin. Aholi bunga qarshi chiqmoqda

00:21 / 08.06.2025
Toshkentning ayrim ko‘chalari velomarafon sabab vaqtincha yopiladi

20:17 / 07.06.2025