Fazliddin G‘oibnazarovning navbatdagi raqibi ma'lum bo‘ldi

Foto: newsday.com
Rio Olimpiadasi chempioni, bugungi kunda professional boksda faoliyat olib borayotgan hamyurtimiz Fazliddin G‘oibnazarov 20 oktabr kuni o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi.
Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, shu kuni hamyurtimizga Amerika Qo‘shma Shtatlari bokschisi Uilbert Lopes raqiblik qiladi.
Ma'lumot uchun, Fazliddin shu kungacha professional ringda 5ta jang o‘tkazib, ularning barchasini o‘z foydasiga hal qilgan. Janglarning 2tasida nokaut evaziga raqiblarini mag‘lub etgan.
Lopesning tajribasi esa bu borada biroz ko‘proq. U professional ringda 34ta jang o‘tkazib, ularning 23tasida g‘alaba qozongan. 15tasida raqiblarini nokautga uchratgan. 9ta to‘qnashuvda esa mag‘lubiyatga uchragan. 1ta jangda muddatidan oldin yutqazib qo‘ygan.
Mavzuga oid

10:48 / 31.05.2025
Bektemir Meliqo‘ziyev amerikalik bokschidan ustun keldi

09:55 / 31.05.2025
Murodjon Ahmadaliyev meksikalik bokschini mag‘lubiyatga uchratdi

08:15 / 18.05.2025
O‘zbekistonlik bokschilar Polshadagi turnirda birinchi bo‘ldi

09:20 / 13.04.2025