Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ikkita «Spark»ni olib, firibgarlik qilgan shaxs ushlandi
Joriy yilning 23 noyabr kuni Toshkent shahar Yashnobod tuman IIBga tushgan xabarga ko‘ra, shu yil 5 may kuni Yangilik 1-tor ko‘chasida yashovchi I.N. Baxt ko‘li ko‘chasida yashovchi B.Q.ning uyi oldida unga tegishli ikkita “Spark” avtomashinasini muddatli to‘lov sharti bilan 25 000 AQSh dollariga sotib olishga kelishgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, bu shaxs oldindan 6 000 AQSh dollarini bergan va avtomashinani olib ketgan.
So‘ng avtomashinalarni I.N. o‘zining nomiga rasmiylashtirib, boshqa shaxsga sotib yuborgan va shu kunga qadar qolgan pullarni bermagan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, I.N. ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

11:22 / 12.07.2025
Buxoroda kadastr filiali bosh mutaxassisi ushlandi

14:37 / 10.07.2025
Karlo Anchelotti bir yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

13:27 / 10.07.2025
Toshkent viloyatida 420 ming dollarga yer sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

10:16 / 10.07.2025