Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Global Terrorism Index: O‘zbekiston eng xavfsiz mamlakatlar qatorida
Global Terrorism Index yangi reytingida O‘zbekiston 138 mamlakat ichidan 132-o‘rinni egallab, eng xavfsiz mamlakatlar qatoridan o‘rin oldi. Turkmaniston va Belarus ham eng xavfsizlar ro‘yxatida.
Iroq, Afg‘oniston, Suriya, Pokiston va Somali terrorchilar faoliyati va tahdidi bo‘yicha eng xavfli mamlakatlar deb topilib, reytingning dastlabki pog‘onalaridan o‘rin oldi.
MDH mamlakatlaridan Ukraina 21-o‘rinda, Rossiya 34-o‘rinda, Tojikiston - 74 va Qozog‘iston 75-o‘rinda qayd etilgan.
Ta'kidlash joizki, reyting Sidney universiteti (Avstraliya) Iqtisodiyot va tinchlik instituti shafeligi ostidagi xalqaro ekspertlar guruhi tomonidan tuzilgan.
Global terrorizm indeksi u yoki bu mamlakat ichidagi terroristik faoliyat darajasini to‘rt asosiy ko‘rsatkich bo‘yicha o‘lchaydi: terroristik hodisalar, halok bo‘lganlar, jabrlanganlar soni va moddiy zarar hajmi.
Mavzuga oid

18:28 / 26.07.2025
Eronda baluj terrorchilari sud binosiga hujum qildi

00:57 / 21.07.2025
Aliyev: «Qorabog‘ni tiklashda ilk sovg‘ani O‘zbekiston bergan»

17:23 / 12.07.2025
Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlari Dushanbeda terrorizmga qarshi ilk muloqotni o‘tkazdi

15:05 / 10.07.2025