«Arsenal» Denis Suares transferini e'lon qildi

Foto: Arsenal FC
«Barselona» yarimhimoyachisi Denis Suares «Arsenal»ga o‘tdi.
«Nihoyat barcha kutgan xabar. «Arsenal»ga xush kelibsan Denis Suares», - deyiladi klub tvitter sahifasida.
«Arsenal» futbolchini mavsum oxiriga qadar ijaraga oldi.
25 yoshli Suares 2016 yildan beri «Barselona» sharafini himoya qilib kelmoqda. Primeraning joriy mavsumida u atigi 2 marta maydonga tushib, umumiy hisobda 17 daqiqa o‘ynadi.
Futbolchi faoliyati davomida «Selta», «Manchester Siti», «Sevilya» va «Vilyarreal» klublarida ham o‘ynagan.
Mavzuga oid

11:33 / 19.05.2025
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari

14:01 / 12.05.2025
Yevropa chempionatlarida YeChL uchun kurash qizimoqda. Kun o‘yinlari

02:17 / 08.05.2025
YeChL. "PSJ" javob o‘yinida ham "Arsenal"ni yengib, finalga chiqdi

12:27 / 04.05.2025