O‘zbekistonda nikoh shartnomasini tuzishni majburiy qilish taklif qilindi
Hozirgi kunda G‘arbiy Yevropa davlatlari, AQSh va Kanadada nikoh shartnomasi instituti keng ommalashgan. Bu haqda “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazining oila institutini mustahkamlash sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘limi boshlig‘i Gulnora Ishanxonova “Xalq so‘zi” gazetasiga intervyuda ma'lum qildi.
2018 yil davomida notarial idoralarda 219 ta nikoh shartnomasi tuzilgan. Shu yil ichida FHDYolar tomonidan 311,4 mingta nikoh va 32,3 ta ajrashish qayd qilingan.
Mutaxassisning fikricha, Oila kodeksining nikoh shartnomasiga tegishli me'yorlarini qayta ko‘rib chiqish vaqti keldi va ehtimol majburiy nikoh shartnomasini tuzish yo‘lidan borish mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi. Ishanxonovaning fikricha, nikoh shartnomasi oila, muhabbat rishtalarini barbod qilmay, aksincha uning mustahkamlanishiga ko‘mak beradi.
O‘zbekiston Oila kodeksi 1998 yilda qabul qilingan va unga nikoh shartnomasiga oid 6-bob - “Er va xotin mol-mulkining shartnomaviy tartibi” kiritilgan.
Shartnoma nikoh qayd etilgunga qadar va nikoh vaqtida ham tuzilishi mumkin. U yozma shaklda tuzilishi va notarial tasdiqlanishi lozim. Ushbu shartnomaga ko‘ra, er-xotinlar Oila kodeksining 23-moddasida o‘rnatilgan birgalikdagi umumiy mulk tartibini o‘zgartirish, butun mulkka birgalikda, ulushli yoki alohida, uning muayyan turlari yoki er-xotinning har birining mulkiga egalik qilish tartibini o‘rnatish huquqiga egalar.
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eronning uran boyitish zavodida deyarli barcha sentrifuga yo‘q qilingani aytildi
Jahon | 02:03
-
TIV Eron va Isroildagi o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi
O‘zbekiston | 01:07
-
Tramp oilasi 499 dollarlik «Oltin smartfon»ni sotuvga chiqaradi
Jahon | 00:30
-
“Eron urushni qabul qildi, endi ortga yo‘l yo‘q” – siyosatshunos
Jahon | 00:11
Mavzuga oid

02:15 / 15.12.2020
Tanzila Norboyeva nikoh shartnomasini faolroq targ‘ib qilishga chaqirdi

22:52 / 05.08.2020
«Ko‘p bolali oila» tushunchasiga aniqlik kiritilmoqda. Tegishli qonun qabul qilindi

13:50 / 03.06.2020
Oila kodeksiga «ko‘p bolali oila» tushunchasi va uning huquqiy maqomini belgilovchi qo‘shimcha kiritilmoqda

09:09 / 26.03.2020