Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sulsher: «Manchester Yunayted»ga superyulduzlar kerak emas»

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher Angliya chempioni bo‘lish uchun superyulduzlarni xarid qilish shart emas deb hisoblamoqda.
«Transferlarga to‘g‘ri yondashish kerak. Futbolchi jamoaga mos bo‘lishi lozim. Superyulduzni sotib olish bilan vaziyat o‘nglanadi, biz kuchli to‘rtlik uchun, chempionlik uchun kurashamiz desak, xato qilgan bo‘lamiz. Chempion bo‘lish uchun superyulduz sotib olish shartmas.
Klub va jamoa sovrinni ularsiz ham qo‘lga kirita oladi. Agar futbolchilarga nazar solsangiz, ularning yosh va istiqbolli ekanini ko‘rasiz. Shuningdek, bir qadam oldinda yurib, peshqadamlik qilish uchun bizga tajribali futbolchilar ham kerak», — deb Sulsher so‘zlarini keltirmoqda Goal.
Mavzuga oid

12:05 / 22.05.2025
«Tottenhem» finalda «MYu»dan ustun keldi va mavsumni qutqarib qoldi

15:13 / 21.05.2025
«MYu» yoki «Tottenhem»: ikkinchi darajali yevrokubok kimga ko‘proq kerak?

18:52 / 01.05.2025
«To‘rt og‘ayni botirlar». Yevropa ligasi yarimfinallari oldidan

11:41 / 18.04.2025